Своеобразные особенности моделирования социальных процессов в развитии гражданского общества
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishga bagʻishlangan. Tadqiqotda modellashtirish ilmiy-nazariy, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gnoseologik jihatlari tahlil qilingan. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar va ularning mohiyati koʻrib chiqilgan. Tadqiqot jarayonida ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish va model yaratishning turli usullari, jumladan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va gnoseologik jihatlari atroflicha oʻrganilgan. Tadqiqot Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy transformatsiyasi va fuqarolik jamiyatining rivojlanishi kontekstida modellashtirishning ahamiyati va rolini ochib beradi. Tadqiqot natijalari Oʻzbekistonda ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga, shuningdek, fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish va uni takomillashtirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlarni qamrab oladi.