Травматические повреждения позвоночника и спинного мозга
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan, Toshkent tibbiyot akademiyasi Travmatologiya, neyroxirurgiya va harbiy dala xirurgiyasi kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan "Umurtqa pog'onasi va orqa miya shikastlanishlari" mavzusidagi keys-texnologiyasidir. U tibbiyot-pedagogika fakulteti 5-kurs talabalari va o'qituvchilari uchun mo'ljallangan. Unda umurtqa pog'onasi shikastlanishlarida klinik-nevrologik tekshiruv o'tkazish, tashxis qo'yish, birinchi yordam ko'rsatish kabi masalalar yoritilgan. Keysda bemor shikoyatlarini tahlil qilish, anamnez yig'ish, rentgen, KT, MRT natijalarini interpretatsiya qilish ko'nikmalarini shakllantirishga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, kitobda umurtqa pog'onasi shikastlanishlarining etiologiyasi, patogenezi, klassifikasiyasi, klinikasi, tashxisi va davolash usullari batafsil bayon etilgan. Keys real klinik vaziyatga asoslangan bo'lib, talabalarning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.