Сугорилмайдиган шароитида cynara scolymus l. нинг анатомик тузилиши
Maqolada artishokning (Cynara scolymus L.) suvsizlikka vegetativ organlarining moslashuv xususiyatlari, anatomik tuzilishi va dorivorlik xususiyatlari o‘rganilgan. Cynara turkumi Asteraceae oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning 11 turi ma’lum. Artishok sabzavot sifatida iste’mol qilinadi, barglari vitaminlarga boyligi sababli xomligicha yoki pishirilgan holda iste’mol qilinadi. O‘simlikning barglari, gullari va ildizlari turli xastaliklarni davolashda ishlatiladi. Uning tarkibida jigar va o‘t pufagidagi toshlarni davolash, anemiya, ateroskleroz, qandli diabetga qarshi xususiyatlar mavjud. Tarkibida fitokimyoviy moddalar, ayniqsa, cinarin va cinaropikrin bor. Suvsiz sharoitda o‘simlik organlarining turli o‘zgarishlari evolyutsion jarayon bilan bog‘liq bo‘lib, sistematika, ekologiya va morfologiya kabi masalalarni hal etishda anatomik tuzilish muhim diagnostik belgi hisoblanadi. Maqolada suvsiz sharoitda o‘sayotgan artishokning barg tuzilishi va anatomik xususiyatlari kseromorf belgilar asosida o‘rganilgan.