Суғурта иши
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, bozor munosabatlariga moslashtirilgan sug‘urta tizimini barpo etish va uning rivojlanishiga bag‘ishlangan. Qo‘llanmada sug‘urta turlari, sug‘urta faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, funksiyalari, sug‘urta fondini tashkil etish va undan foydalanish, sug‘urta bozori, uning sub’ektlari, xalqaro sug‘urta bozori, bank risklarini sug‘urtalash, avtotransport vositalari egаlarining fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash kabi muhim mavzular yoritilgan. Shuningdek, sug‘urta faoliyatini huquqiy tartibga solish, sug‘urta tashkilotlarining daromadlari va xarajatlari, qayta sug‘urta qilish, maxsus sug‘urta turlari kabi masalalar ham atroflicha tahlil qilingan.