Табиатшуносликни ўқитишда амалий методлардан фойдаланиш
Ushbu kitob boshlang'ich sinf o'qituvchilari, pedagogika kollejlari talabalari, hamda kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda tabiatshunoslikni o'qitishda amaliy metodlardan foydalanish usullari, metodlarning turlari va klassifikatsiyasi haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda tabiatda bo'ladigan voqea-hodisalarni o'rganishda amaliy ish usullaridan foydalanish ko'rsatmalari keltirilgan. Shuningdek, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun dars samaradorligini oshirishda yordam beradigan tajribalar va amaliy ish usullarini qanday tashkil etish tizimi bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.