Божхона соҳасида халқаро ҳамкорлик: кеча ва бугун
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin jahon hamjamiyatida xalqaro huquqning sub'ektiga aylanganligi va xususan, bojxona sohasida xalqaro hamkorlikning bugungi kundagi holati, xususan, Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikning rivojlanishi, xalqaro konvensiyalar va bitimlar, shuningdek, ikki tomonlama va ko'p tomonlama hamkorlikning ahamiyati haqida so'z yuritadi. Jahon bojxona tashkiloti bilan hamkorlikning tarixiy jihatlari, qabul qilingan konvensiyalar, jumladan, Kioto konvensiyasi va uning yangi versiyasi, shuningdek, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha qabul qilingan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, MDH davlatlari bilan imzolangan bitimlar va ularning amaliyotga tatbiqi atroflicha ko'rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mintaqaviy hamkorlik dasturlari va ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirayotgan ishlari va erishgan yutuqlari ham sanab o'tilgan. Jumladan, O'zbekiston-Qozog'iston chegarasidagi yangi ochilgan o'tkazish punktlarining ahamiyati va ularning bojxona nazoratini soddalashtirishdagi roli ta'kidlangan.