O‘zgarayotgan dunyo tartibotida Turkiyaning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o‘rni
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan B2024.4.PhD/Ss537 raqami bilan ro'yxatga olingan hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi ilmiy kengash DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02 da himoya qilingan O'zgarayotgan dunyo tartibotida Turkiyaning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o'rni mavzusidagi tadqiqotning mazmunini ochib beradi. Avtoreferat uch tilda (oʻzbek, rus, ingliz) tayyorlangan bo'lib, unda Turkiyaning tashqi siyosati, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari, xususan uning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi o'rni, mamlakatning strategik yo'nalishlari, mintaqaviy va global jarayonlardagi roli, shuningdek O'zbekiston bilan munosabatlari atroflicha tahlil qilingan.