Клиник фармакология
Mazkur o'quv-uslubiy majmua Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Oliy hamshiralik ishi ta'lim yo'nalishi III kurs talabalari uchun klinik farmakologiya fanidan tayyorlangan.
Majmuada klinik farmakologiya fanining asosiy tushunchalari, dorivor vositalarning tasnifi, ularning farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, qo'llanilishi, ko'rsatmalari, kontrendikatsiyalari, nojo'ya ta'sirlari va o'zaro ta'sirlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, har bir mavzu bo'yicha amaliy mashg'ulotlar, jumladan, retsept yozish, tibbiy-farmakologik hujjatlarni to'ldirish, vaziyatli masalalarni yechish, savol-javoblar va test topshiriqlari ham keltirilgan.
Majmua talabalarning ushbu fanni chuqur o'zlashtirishlariga yordam beradi hamda kelajakdagi faoliyatlarida foydalaniladigan kasbiy ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.