Фитохимическая характеристика капусты огородной (Brassica oleraceaL.var.capitataL.)
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi O‘zbekistonda yetishtiriladigan "Brassica oleracea L. var. capitata L." navli oddiy karamning fitokimyoviy xususiyatlarini, biologik faol birikmalarini, ekologik tozaligi va xavfsizligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda oddiy karam barglarining kimyoviy tarkibi, undagi uglevodlar, organik kislotalar, vitaminlar, aminokislotalar, flavonoidlar, steroid birikmalari, tioglikozidlar, mineral va mikroelementlar, shuningdek, zararli moddalar (toksik metallar, radioionuklidlar, pestitsidlar) hamda mikroorganizmlar miqdori aniqlangan. Aniqlanishicha, O‘zbekistonda yetishtiriladigan oddiy karamning mahalliy xomashyosi ekologik toza va xavfsiz bo‘lib, uni qo‘shimcha tadqiqotlar asosida dorivor vosita sifatida qo‘llash istiqbolli ekanligi ko‘rsatilgan.