Флористиканинг инновацион услублари ва уни замонавий интерьерда қўлланиш тамойиллари
Ushbu tadqiqot ishida O‘zbekiston sharoitida zamonaviy interyerlarni shakllantirish va ularda floristika uslublarini qo'llash tamoyillari o'rganilgan. Tadqiqotda floristikani rivojlantirish, zamonaviy interyerlarda uni qo'llashning nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, tarixiy ildizlari, innovatsion uslublari va milliy xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, o'simliklarning inson salomatligi va psixologiyasiga ta'siri, ularni interyerda to'g'ri joylashtirish va parvarishlash usullari haqida ham ma'lumot berilgan.