“Цветоведение”
Ushbu kitob rangshunoslikning nazariy va amaliy asoslariga bag'ishlangan bo'lib, unda ranglarning fizikaviy, fiziologik va psixologik xususiyatlari, ranglar garmoniyasi, interyer va dizaynda ranglardan foydalanish, ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri kabi masalalar yoritilgan. Kitobda ranglarning tasviriy imkoniyatlari, ularning ramziy ma'nolari va turli madaniyatlarda rangga bo'lgan munosabat ham ko'rib chiqilgan. Talabalarga, dizaynerlarga va rangshunoslikka qiziquvchilarga mo'ljallangan.