Экструзия усули билан ПП асосида полипропилен композицион гранула олиш бўлими лойиҳаси (ишлаб чиқариш қуввати 15 000 т/й.)
Ushbu bitiruv malakaviy ishi matbuotda chop etilgan texnik hujjatlar, ilmiy tadqiqotlar va o'quv qo'llanmalarga asoslangan bo'lib, polipropilen asosida polimer kompaud ishlab chiqarish jarayonining texnologik sxemasini hamda ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy jihozlarni tanlashni o'z ichiga oladi. Bitiruv malakaviy ishida "Ekstruziya usuli bilan polipropilen asosida polimer kompaud olish" mavzusidagi texnologik jarayonning nazariy va amaliy jihatlari o'rganilgan bo'lib, ishlab chiqarish hajmi, xom-ashyo sarfi, iqtisodiy ko'rsatkichlar, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi muhim masalalarga ham to'xtalib o'tilgan. Materiallar balansi, texnologik jarayonlarning asosiy ko'rsatkichlari va ularning hisob-kitoblari, shuningdek, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish tizimining loyihasi ham keltirilgan.