Аорта аневризмалари ва дисекцияларида эндоваскуляр амалиётларнинг тактик ва техник жиҳатларини такомиллаштириш
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti jahon tibbiyot amaliyotida aorta anevrizmalari va disektsiyalarini davolashda endovaskulyar usullarning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ayniqsa ko'krak a'rtasi anevrizmalarini va disektsiyalarini davolashda SF-TEVAR usulining afzalliklari, natijalari va xavfsizligi ko'rib chiqilgan. Tadqiqotda ilg'or diagnostika usullari, jumladan, MSCT-angio grafiya va 3D rekonstruktsiyaning ahamiyati ham ochib berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mavjud usullarni takomillashtirish hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirishdan iborat.