Эпизоотология
Ushbu kitob veterinariya sohasida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, epizootologiya fanining umumiy va xususiy qismlarini qamrab oladi. Kitobda infeksiya, immunitet, epizootik jarayonlar, kasalliklarning klassifikatsiyasi, profilaktikasi, davolash usullari, chorvachilikni sog'lomlashtirish, dezinseksiya va dezinferksiya kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, turli xil hayvonlar va parrandalarning asosiy kasalliklari, ularning belgilari, tashxislash va davolash usullari haqida ma'lumot berilgan.