🔍

Yosh tadbirkor - yurtga madatkor!

Ushbu monografiya O'zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning davlat siyosati, huquqiy asoslari, mexanizmlari va zamonaviy jihatlarini tahlil qiladi. Unda yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlashda nodavlat notijorat tashkilotlarining o'rni, soliq siyosati, bank kreditlarining ahamiyati hamda yosh tadbirkor kadrlarni tayyorlash tizimi va istiqbollari atroflicha ko'rib chiqilgan. Shuningdek, kitobda mamlakat iqtisodiyotida yoshlar bandligini ta'minlashda tadbirkorlik faoliyatining o'rni, hududlar kesimida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ko'rsatkichlar hamda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashda soliq imtiyozlari va bank kreditlarining ta'siri tahlil qilingan. Oxirida tadqiqot ilmiy xulosalari va tavsiyalar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.3%

Python dasturlash (1-qism)

Ushbu kitob bolalarni Python dasturlashtirishni o'ynab o'rganishga mo'ljallangan. Ota va onalari bilan bolalarni o'rganishi tavsiya etiladi. 5-8 yoshli iqtidorli bolalar hamda 9 yoshdan kattta bolalar uchun mo'ljallangan. Dasturlashtirish inson miyasi faoliyatining eng yuqori mushohadalash va tafakkur etish istiqboli bo'lgani uchun ham biz bolalarni yoshligidan dasturlashtirish olamiga o'yin shaklida kiritishimiz mumkin. BU g'oyani kod yozishdan boshlab ems balki o'yin shaklida kiritish g'oyasini oldinga surmoqchimiz. Ushbu kitob bolalar uchun juda yaxshi o’rtacha og’irlikdagi Python dasturlash bo’yicha qo'llanma. O'quvchilar Python tili haqida asosiy bilimlarga ega bo'ladilar, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash to'g'risida ma'lumot olishadi, funktsiyalar, sinflar va modullar bilan ishlashni o'rganadilar. Grafika bilan ishlashga, animatsiya yaratishga va kitobda bolalarning o'z o'yinlarini rivojlantirishga katta e'tibor beriladi. Nashr dasturlashni yaxshi ko'radigan o'rta va yuqori sinf o'quvchilari uchun foydali bo'ladi, shuningdek, bolalar uchun qo'shimcha ta'lim kurslarida dasturiy vosita sifatida ishlatilishi mumkin, dastlabki kodlarni terib,grafik namoyishlarni ko’rsatib yuqori guruh bog’cha bolalarini ham jalb qilish mumkin hamda bu tarzdaagi informatikani rivojlantirib, uni o’qitilishini yanaada yoshartirish tendentsiyasini amalga oshirish g’oyasini talqin qilishni harakat qilindi.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.6%

Ona tilim – jonim tilim

Ushbu kitob 2015-yil 21-oktabrda "Ona tilim – jonim tilim" mavzusida o'tkazilgan tadbir ssenariysidir. Tadbirning maqsadi o'quvchilarni o'zbek tilining tarixi bilan tanishtirish, ona tiliga muhabbat va faxr tuyg'ularini shakllantirishdan iborat. Ssenariyda boshlovchining kirish so'zi, o'quvchilarning til haqidagi fikrlari, she'rlar, qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari va O'zbekiston Respublikasining Davlat tili to'g'risidagi qonunidan namunalar keltirilgan. Tadbir so'ngida boshlovchi yakuniy so'z bilan barchani til bayrami bilan tabriklaydi.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.4%