Яйловларда биохилма-хилликни сақлаш ва экотизимни таназзулга учрашини олдини олиш
Ushbu maqola yaylovlarda bioxilma-xillikni saqlash va ekotizimni tanazzulga uchrashini oldini olish masalalariga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining chorva mollarni ko'paytirishni rag'batlantirish va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish bo'yicha qarorlari tahlil qilinadi hamda qorako'lchilik shirkat xo'jaliklarining samarali faoliyatini ta'minlash, aholining turmush darajasini yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va cho'llanishga qarshi kurashish masalalari ko'rib chiqiladi.