Имом Ғаззолийнинг жаҳон фалсафий фанлар тараққиётидаги ўрни ва роли
Ushbu ilmiy ish, Imom G'azzoliyning falsafa, mantiq, axloq va tasavvuf kabi ilmlardagi o'rni hamda jahon falsafiy fanining rivojiga qo'shgan hissasi, uning ilmiy merosi, falsafiy qarashlari, ilmiy ijodiyoti va jahon falsafiy fikriga ta'sirini atroflicha tahlil etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda G'azzoliyning "Ihyo ulumi-d-din", "Maqositid-ul-falosifa", "Tohofut at-falosifa" kabi asarlarining mazmun-mohiyati va falsafiy ahamiyati, shuningdek, uning mantiq ilmining rivojiga qo'shgan hissasi, axloqiy ta'limoti va falsafiy qarashlarining dunyo falsafiy fikriga ta'sirini ilmiy-nazariy jihatdan ochib berishga alohida urg'u berilgan. Ishda G'azzoliyning o'z davri falsafiy, ilmiy va madaniy qarashlariga munosabati, shuningdek, uning jahon ilm-fani, falsafasi va madaniyatiga qo'shgan hissasi atroflicha o'rganilgan. Tadqiqot G'azzoliyning boy ilmiy-falsafiy merosini o'rganish, uning ta'limotini tadqiq etish va o'rganish bo'yicha muhim ilmiy-amaliy va nazariy xulosalar taqdim etadi.