Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalar
Ushbu o'quv-uslubiy majmua 'Strukturalar geologiyasi va geologik xaritalash' fanining nazariy va amaliy mashg'ulotlariga bag'ishlangan. Unda geologik tuzilmalarni o'rganish, ularni tasvirlash va talqin qilish usullari, geologik xaritalash metodologiyasi, turli xil geologik xaritalar turlari, ularni tuzish va o'qish tartiblari, shuningdek, aerokosmik ma'lumotlardan foydalanish kabi masalalar chuqur yoritilgan. Kitobda geologiya fanining rivojlanish tarixi, uning asosiy tushunchalari va amaliy ahamiyati ham bayon etilgan.