Oshqozon ichak tizimidan qon ketish sindromi. Yarali va yarasiz kelib chiqqan gastroduodenal qon ketishlar
Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanma tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tibbiy pedagogika va davolash fakultetlari VI kurs talabalari uchun "Oshqozon ichak tizimidan qon ketish sindromi. Yarali va yarasiz kelib chiqqan gastroduodenal qon ketishlar" mavzusida tayyorlangan. Qoʻllanmada oshqozon-ichakdan qon ketishining sabablari, tasnifi, klinik koʻrinishi, diagnostikasi va davolash usullari, jumladan, endoskopik gemostaz, konservativ va jarrohlik usullari batafsil yoritilgan. Shuningdek, portal gipertenziya, Mellori-Veys sindromi kabi qon ketishiga olib keladigan turli patologiyalar, ularning diagnostikasi va davolash tamoyillari ham koʻrib chiqilgan. Qoʻllanma nazariy va amaliy mashgʻulotlar, test topshiriqlari va vaziyatli masalalar bilan boyitilgan boʻlib, talabalarga ushbu mavzu boʻyicha chuqur bilim berishga qaratilgan.