Қишлоқ уйларини ободонлаштириш ва шинам шароит яратиб бериш
Ushbu kitob qishloq joylarida uy-joy qurilishi va obodonlashtirish masalalariga bag'ishlangan. Kitobda qishloq uylarini loyihalash, qurilish materiallari, zilzilaga bardoshliligi, obodonlashtirish, hududlarni rejalashtirish kabi muhim mavzular ko'rib chiqilgan. Kitobda respublikamizning turli iqlim sharoitlariga mos uy-joy loyihalarini yaratish, shuningdek, an'anaviy me'morchilik elementlaridan foydalanish masalalari ham yoritilgan.