O’smirlik davridagi qo’rquv holatlarining namoyon bo`lishi
Ushbu kitob o'smirlik davridagi qo'rquv holatlarining namoyon bo'lishi, psixologik xususiyatlari va ularni bartaraf etish yo'llariga bag'ishlangan. Unda qo'rquvning ilmiy asoslari, turlari, sabablari, sotsiofobiyaning kelib chiqishi va oqibatlari, shuningdek, o'smirlar hayotidagi o'rni batafsil tahlil qilingan. Kitobda qo'rquvning turli ko'rinishlari, fobiyalar va ularning o'ziga xos xususiyatlari misollar bilan yoritilgan, shuningdek, o'smirlarga xos bo'lgan qo'rquvlar, ularning sabablari va bartaraf etish usullari ko'rsatilgan.