Ҳиқилдоқнинг сурункали торайиши бўлган беморларда даволаш тактикасини такомиллаштириш
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Toshkent davlat stomatologiya instituti Otorinolaringologiya kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlar rejasiga muvofiq, yuqori nafas yo'llari va quloqning yallig'lanish, yallig'lanishsiz kasalliklarini tashxislash hamda davolashni takomillashtirish mavzusida bajarilgan. Tadqiqotning maqsadi - hiqildoqning surunkali chandiqli torayishi bo'lgan bemorlarni davolash samaradorligini oshirish hamda jarrohlik amaliyotidan oldingi va keyingi parvarishlashni takomillashtirishdan iborat. Tadqiqotda bemorlarning klinik-funksional, laborator, endoskopik, kompyuter tomografik, morfologik hamda statistik tadqiqot usullaridan foydalanilgan.