Бизнес ҳужжатларини тузиш
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5230200-Menejment (tarmoqlar va sohаlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan. Qo'llanmada biznes hujjatlarini tuzishning nazariy va amaliy jihatlari, ularni tayyorlash va rasmiylashtirish qoidalari, shuningdek, ularning turlari atroflicha yoritilgan. Innovatsion iqtisodiyot sharoitida zamonaviy menejer va mutaxassislar uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Unda biznes hujjatlarining ahamiyati, turlari, tuzilish asoslari, shartnomalar, biznes-rejalar, elektron tijorat kabi mavzular chuqur o'rganilgan. Qo'llanma nafaqat talabalar, balki ushbu sohaga qiziquvchi barcha uchun foydali manba bo'lib xizmat qiladi.