“Антигрипин -нео” таблеткалари таркибига кирувчи фаол субстанцияларнинг микроскопик тузилишини ўрганиш
Maqolada "Antigrippin-Neo" tabletkalari tarkibiga kiruvchi faol moddalarning mikroskopik tuzilishi o‘rganilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tabletka tarkibidagi barcha faol moddalar turli shakldagi kristallardan iborat. Xususan, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi va kofein ignasimon monokristallardan, dibazol plastinkasimon monokristallardan, fenpiverin bromid prizmasimon monokristallardan, askorbin kislotasi esa kubsimon va prizmasimon polikristallardan iborat. Moddalarning kristall tuzilishi texnologik jarayonga ta'sir qilishi mumkinligi aytilgan.