“Boburnoma” – muhim tarixiy va etnografik manba sifatida
Ushbu tadqiqot ishi Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asarini tarixiy va etnografik manba sifatida tahlil qiladi. Asarda keltirilgan ma'lumotlar ilmiy nuqtai nazardan oʻrganilib, undagi ijtimoiy-tabiiy fanlar, tarix, falsafa, fiqh, din ta'limoti, tilshunoslik, jugʻrofiya, tabiatshunoslik, ma'danshunoslik, dehqonchilik, bogʻdorchilik kabi koʻplab sohalarga oid ma'lumotlar batafsil yoritilgan. Boburning oʻzi lashkarboshi sifatida qatnashgan janglar, qoʻshin tuzilishi, urush olib borish usullari, qamal holatlari, qurol-yarogʻlar, qoʻrgʻonbuzar qurilmalar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan. "Boburnoma"da XIV-XVI asrlarga oid koʻplab etnografik ma'lumotlar berilgan, jumladan, Afgʻon qabilalari va ularning joylashuvi haqida dastlabki, batafsil va ishonchli ma'lumotlar ham keltirilgan. Asarda oʻz davri siyosiy ahvoli, urf-odatlari va qarashlari yoritilgan. Kitobda Boburning shaxsiy hayoti va faoliyati hamda uning hukmdorlik davri hamda Xuroson, Movarounnahr, Hindistondagi hukmdorlik davrlari ochib berilgan.