🔍

Budjet tizimi

O‘zbekiston Respublikasida budjet tizimi - turli darajadagi Budjetlar va Budjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, Budjetlarni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, Budjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek Budjetlar hamda Budjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmuidir. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, Budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud Budjetlar to’plami (majmui) tushuniladi. Budjet - hujjat yoki hujjatlar yig`indisi, ya’ni tashkilotning (oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalari, ya’ni daromadlar, xarajatlar va maqsad hamda natijalar to`g`risidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi rejalar sifatida qaraladi. Tarixan, budjet so`zi charm karmon, hamyon, sumka va hamyonchadir. Asosan, inglizchada bu termin hukumat ehtiyojlari va resurslarini Parlament bayonotiga Moliya Vaziri ko`tarib boradigan charm sumka sifatida tasvirlangan. Davlat Budjeti - Davlat ixtiyoridagi markazlashgan pul fondlarini tuzish va ishlatish bilan bog‘liq pul munosabatlaridir. Budjetlararo munosabatlar shakllari - Budjet jarayonida turli darajadagi Budjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar majmuidir. Budjet tasnifi - Budjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish manbalarining turli belgilariga ko‘ra guruhlanishi. Budjet munosabatlarining huquqiy asoslari - Davlat boshqaruvining har bir pog‘onasida Budjet jarayonida sodir bo‘ladigan budjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me’yoriy hujjatlar. Parallel rezolyutsiya – bu Kongressning ikkala palatasi ham tomonidan olib boriladigan, lekin prezident imzosini talab qilmaydigan xatti-harakat. Budjet kodeksi – ma’lum bir mamlakat Budjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi, umumiy printsiplarini, turli darajadagi Budjetlar va ularning vakolatlarini, Budjet jarayoni asoslari va Budjetlararo munosabatlarni, Budjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilovchi qonun hujjati hisoblanadi. Budjetga oid vakolatlar - hukumatga xarajatlar bo’yicha majburiyatni yuklash vakolatidir. Budjet tizimi Budjetlari xarajatlarining tasnifi - Budjet tizimi Budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish sektori birliklari asosiy funktsiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga Budjet mablag’larini yo’naltirilishini aks ettiradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

“Budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi ijrosi balansini tuzish tartibi va uni takomillashtirish yо’llari” (Qarshi shaxar G’aznachilik bо’limi misolida) mavzusidagi

Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida byudjet tashkilotlarining moliyaviy faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari, xususan, xarajatlar smetasini tuzish, ijro etish va moliyalashtirish masalalarini yoritadi. Kitob davlat byudjeti tizimi, byudjet intizomi, xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillari va byudjetdan mablag'lardan samarali foydalanish yo'llarini o'rganishga bag'ishlangan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%