Interaktiv matematik funksiyalar grafigini chizish dasturiy majmuasini Java tilida yaratish
Ushbu bitiruv malakaviy ishida "Interaktiv matematik funksiyalar grafigini chizish dasturiy majmuasini Java tilida yaratish" mavzusida dasturiy ta'minotni ishlab chiqish ko'rib chiqilgan. Ishda dastlab matematik funksiyalar va ularning grafiklarini chizishning nazariy asoslari, dasturiy vositalar tahlili, jumladan, Microsoft Mathematics, Matlab, Maple kabi dasturlar hamda Java va JavaFX dasturlash tillari, ularning imkoniyatlari batafsil o'rganilgan. So'ngra, Java dasturlash tilida interaktiv grafik chizish dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan. Dastur interfeysi, uning ishlash prinsipi va amaliy qo'llanilishi misollar orqali tushuntirilgan.