XX asr o`zbek adabiyotini davrlashtirish
Ushbu matn, XX asr boshlarida yashab ijod qilgan o'zbek adiblari hayoti va ijodiy faoliyatiga bag'ishlangan ma'ruzalar matnidir. Unda jadid adabiyotining yuzaga kelishi, rivojlanishi, vakillari, ularning merosi, asarlaridagi g'oyalar, mustabid tuzum tomonidan qatag'on qilinishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Matn davomida adiblarning hayoti va ijodi bilan bog'liq turli munozarali masalalarga ham yechimlar beriladi. Asosan jadid adiblari hayoti va ijodi badiiy tahlil etiladi. XX asrning birinchi yarmidagi o'zbek adabiyotining asosiy xususiyatlari ochib berilgan. Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi, milliy uyg'onish davri, Sovet hokimiyatining o'rnatilishi va qatag'on siyosati, bu davr adabiyotiga ta'siri xususida ma'lumotlar beriladi.