Tarmoq protokollari
Ushbu uslubiy qo'llanma "Tarmoq protokollari" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada tarmoq texnologiyalari, jumladan, IP protokollari, OSI modeli, TCP/IP stekining ishlash prinsipi, keng tarqalgan tarmoq protokollari va ularning vazifalari, shuningdek, Cisco Packet Tracer dasturi yordamida tarmoq topologiyalarini yaratish va sozlash kabi muhim mavzular yoritilgan. Laboratoriya ishlarini bajarishda nazariy bilimlar amaliy ko'nikmalarga aylantiriladi va talabalarning tarmoq texnologiyalarini chuqur o'zlashtirishiga yordam beradi.