«Uz-Tong Xong Co» qo’shma korxonasida biznes rejalashtirish samaradorligi
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi va Janubiy Koreya hamkorligida tashkil etilgan "Uz-Tong Xong Co" qo'shma korxonasining faoliyatini tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda korxonaning iqtisodiy samaradorligini oshirish, biznes rejalashtirishning roli, tashkiliy tuzilmasi, texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlari, resurslardan foydalanish holati, kadrlar siyosati va moliyaviy ahvoli batafsil o'rganilgan. Bundan tashqari, korxonaning biznes rejasini takomillashtirish yo'llari, jumladan marketing strategiyalari va innovatsion usullarni qo'llash masalalari ham ko'rib chiqilgan.