“Zarbulmasal” maqollari: semantik-struktural va tadrijiy takomilning qiyosiy tahlili
Ushbu kitob Muhammad Sharif Gulxaniyning «Zarbulmasal» asaridagi maqollarning semantik-struktural va tadrijiy takomilini qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqotda Gulxaniyning «Zarbulmasal» asaridagi maqollarning kelib chiqishi, rivojlanish xususiyatlari, semantikasi, tuzilishi, badiiy-estetik jihatlari va oʻziga xosliklari ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Shuningdek, «Zarbulmasal»dagi maqollarning «Devonu lugʻotit turk»dagi variantlari va hozirgi oʻzbek maqollari bilan qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Asardagi maqollarning badiiy sanʼatlar asosida tahlili ham tadqiqotning muhim qismini tashkil etadi. Kitobning maqsad va vazifalari, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari va ularning ahamiyati ham bayon etilgan.