Manual for Academic Writing
Ushbu qo'llanma akademik litseylarning yuqori bosqich talabalari va oliy o'quv yurtlari bakalavr yo'nalishi talabalarining akademik yozma nutq malakasini rivojlantirishga, leksikologiya sohasida bilimlarini oshirishga mo'ljallangan. Qo'llanma rasmiy ingliz tilida insho, tanqid va hisobot yozish qoidalarini o'rgatadi, so'zlar va frazalarning mazmunini tushuntiradi va ularni turli vaziyatlarda to'g'ri qo'llashga yordam beradi. Unda akademik yozuvda qo'llaniladigan so'zlar va iboralar, ularning ta'riflari va misollar keltirilgan. Qo'llanma ingliz tilini o'rganuvchilarga CEFR, IELTS, CAE yoki TOEFL imtihonlariga tayyorlanishda yordam berishi mumkin.