Antiaritmik faolikka ega bo‘lgan N-dezatsetillappakonitinning peroral shaklini samaradorligini baholash
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi N-dezatsetillappakonitin moddasining yurak ritmining buzilishlariga qarshi samaradorligini, farmakologik xususiyatlarini va xavfsizligini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda moddaning o'tkir va surunkali toksikligi, terapevtik samaradorligi, antiaritmik ta'sir doirasi, davomiyligi va umumiy farmakologik faolligi eksperimental yo'llar bilan o'rganilgan. N-dezatsetillappakonitin mahalliy dorivor o'simliklar asosida yaratilgan bo'lib, u mavjud antiaritmik preparatlar bilan solishtirilganda kam toksiklikka ega bo'lib, antiaritmik ta'sirining tez boshlanishi va davomiyligi bilan ustunlik qiladi. Tadqiqot natijalari asosida yangi avlod antiaritmik preparatini yaratish imkoniyati ko'rsatilgan.