Argumentlash mantiqiy-kommunikativ nazariyasining falsafiy tahlili
Ushbu dissertatsiya, argumentlashning mantiqiy-kommunikativ nazariyasining falsafiy tahliliga bag'ishlangan bo'lib, unda argumentlashning mohiyati, tuzilishi, turlari va uning jamiyatdagi o'rni tahlil etiladi. Tadqiqotda argumentlashning nafaqat mantiqiy, balki ijtimoiy, hissiy va axloqiy jihatlari ham ko'rib chiqiladi. Turli davrlarda va turli madaniyatda argumentlash nazariyalarining rivojlanishi, o'rta asr Sharq mutafakkirlarining bu sohadagi ishlari va ularning zamonaviy nazariyalarga ta'siri o'rganiladi. Shuningdek, argumentlash jarayonida yuzaga keladigan xatolar, ularning sabablari va ulardan qochish yo'llari ko'rsatib beriladi. Kitobda axloqiy va diniy qadriyatlarning argumentlashdagi roli ham tahlil qilinadi hamda kommunikativ modellarda argumentlashning ahamiyati yoritiladi.