Asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish
Ushbu kitob mashinasozlik texnologiyasi yo'nalishi talabalari uchun "Asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish" fanidan ma'ruzalar matni sifatida mo'ljallangan. Unda teshik ochuvchi asboblar, zenkerlar, razvyortkalar, frezalar va rezba qirqish asboblarining tuzilishi, geometrik parametrlari, ishlatish usullari va materiallari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tuzilgan.