Ashyoviy huquq va uning turlari
Ushbu kitob ashyoviy huquq tushunchasi, uning fuqarolik huquqidagi o'rni, belgilari, boshqa huquq turlaridan farqi, obyekti (ashyolar) va turlarini o'rganishga bag'ishlangan. Kitobda ashyolarning turlari, ularning fuqarolik muomalasidagi ishtiroki darajasi, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning o'zaro munosabati hamda yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar, servitut kabi masalalar ko'rib chiqiladi.