BAHONING PREDMET VA BELGI YORDAMIDA IFODALANISHI
Ushbu maqola bahoning predmeti va belgi yordamida ifodalanishi hamda uning leksemalarning mazmun jihatida, voqelikni nomlashdan tashqari nomlanayotgan voqelikka munosabatni ham bildirilishini tahlil qiladi. Baho semasining morfema, leksemaning o'zi bilan va kontekst yordamida ifodalanishi misollar bilan yoritib berilgan. Shuningdek, atoqli otlar va mavhum otlar orqali bahoning qanday ifodalanishi ham ko'rsatib o'tilgan. Maqolada baho munosabatida subyektiv bahoning birinchi darajali ekanligi va so'zlashuv nutqida uning muhim o'rni ta'kidlangan.