BXSRda ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni matbuotda yoritilishi.
Ushbu kitob Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tarixini davriy matbuot materiallari orqali oʻrganishga bagʻishlangan. Unda "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalarining 1920-1924 yillarda yozilgan maqolalari va xabarlari tahlil qilinadi hamda respublikaning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’rifiy va madaniy hayoti yoritiladi. Kitobda shuningdek BXSR tarixshunosligi, matbuotning manba sifatidagi ahamiyati va jadidchilik harakati kabi masalalar koʻrib chiqiladi.