Biofarmatsiya
Ushbu kitobda biofarmatsiya fanining nazariy va amaliy jihatlari, jumladan, dori vositalarining biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omillar, dori shakllarining xususiyatlari, ularning biologik samaradorligini aniqlash usullari, dori vositalarining o‘zaro ta’siri va nomutanosibligi, bioekvivalentlik, in vitro va in vivo tajribalar, nanozarrachalar, magnit orqali boshqariladigan tizimlar, transdermal terapevtik tizimlar, polimer dorivor pardalar, yumshoq dori shakllari (surtmalar, linimentlar, kremlar, jellar), qattiq dori shakllari (tabletkalar, kapsulalar, drajellar, granulalar), suspenziyalar, emulsiya, in’eksion eritmalar va oftalmologik dori vositalarining biofarmatsiyasi atroflicha yoritilgan. Shuningdek, laboratoriya mashg‘ulotlari uchun nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda vaziyatli masalalar keltirilgan.