Bolg’alash va shtamplash zagotovkalarini loyixalash va ishlab chiqarish
Ushbu kitob metallarni hajmiy shtamplash mashinalari va jixozlarini tuzilishi hamda ishlash prinsiplarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda metall zagotovkalarni shtamplash uskunalaridan foydalanish, jumladan, siqilgan bug'-havoda ishlovchi shtamplash bolg'alari, bolg'alash presslari, gorizontal bolg'alash mashinkalari va vintli friktsion presslar haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, kitobda turli xil presslar va bolg'alarning kinematik sxemalari, ishlash prinsiplari va ularning texnik xususiyatlari keltirilgan.