Peculiarities of borrowing of economic terms and Their assimilation
Ushbu maqola iqtisodiy atamalarning o'zlashishi va ularning lingvistik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada chet tillaridan, xususan ingliz tilidan iqtisodiy atamalarni o'zlashtirishning turli usullari, jumladan, fonetik, grafik, grammatik, leksik-semantik va uslubiy jihatdan moslashuvi tahlil qilinadi. Iqtisodiy terminologiyaning shakllanishi, uning umumiy leksikadan farqi, ayniqsa, o'zbek tiliga o'girilishidagi qiyinchiliklar va usullar batafsil yoritilgan. Maqolada ilmiy, professional va norasmiy iqtisodiy diskursning o'ziga xos xususiyatlari, metoforalardan foydalanish va ularning ta'sirchanligi ham ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, xalqaro terminlarning o'zlashishi va bu jarayondagi davlatlarning o'rni ham muhokama qilingan.