Dropbox bulutli platformasi va undan ta’limda foydalanish metodikasi
Ushbu kitob bulutli texnologiyalar, xususan Dropbox platformasining ta'lim jarayonida qo'llanilishi hamda uning imkoniyatlari va foydalanish metodikasi haqida atroflicha ma'lumot beradi. Unda bulutli texnologiyalarning mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, turli sohalarda, jumladan ta'lim, tibbiyot va biznesda qo'llanilishi tahlil qilingan. Kitobda Dropbox xizmatini o'rnatish, sozlash va undan samarali foydalanish bo'yicha batafsil yo'riqnomalar ham berilgan.