Chodaksoy havzasida tarqalgan dorivor zamburug’larning bioekologiyasi.
Ushbu ilmiy ish Chodaksoy havzasida dorivor zamburug'larning tarqalishi, bioekologiyasi, morfologik tuzilishi va ularning inson hayotiy faoliyatida ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqot davomida Chodaksoy havzasida 54 ta dorivor makromitsetlar aniqlanib, ularning tasnifi, geografik tarqalishi hamda foydali xususiyatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, dorivor zamburug'lar bilan bog'liq zaharlanishlar va ularning oldini olish choralari ham yoritilgan.