Compouding in English and Uzbek language
Ushbu kitobda ingliz tilini o'rganishda innovatsiyalar va o'qitish amaliyoti, xususan, ingliz tilida so'z yasalishi jarayonlari, xususan, qo'shma so'zlar hosil bo'lishi, ularning turlari va lug'at boyligini oshirishda ahamiyati keng yoritilgan. Jumladan, ingliz va o'zbek tillaridagi qo'shma so'zlar tuzilishi, ma'nolari va ularning qo'llanilishi taqqoslanadi. Shuningdek, ta'limning turli bosqichlarida o'quvchilarga ingliz tilini o'rgatishning zamonaviy usullari, pedagogik texnologiyalar, kompetensiyaviy yondashuvlar va chet tilini o'rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi mavzular ham qamrab olingan. Kitobda chet tilini o'qitish jarayonida o'qituvchining roli, talabalar nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirish, til o'rganish jarayonini baholash va til o'rganishda madaniy dunyoqarashni shakllantirish kabi muhim masalalar ham ko'rib chiqilgan.