Davlat nazariyasi
Ushbu kitob davlat va huquq nazariyasi fanini o'rganishga mo'ljallangan. Unda davlat va huquqning mohiyati, belgilari, tiplari, funksiyalari, shakllari, mexanizmlari kabi masalalar nazariy jihatdan yoritilgan. Kitobda, shuningdek, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy nigilizm, normativ-huquqiy hujjatlar, huquq ijodkorligi kabi tushunchalar ham tahlil qilingan.