Dekorativ sho`p deneli o`simliklerdin` biomorfologiyalıq o`zgesheliklerin ha`m olardın` a`hmiyetin mektep oqıwshılarına u`yretiw usılları
Ushbu ilmiy ishda O'zbekistonning shimoliy-g'arbiy hududi, xususan Qoraqalpog'istonning geografik va iqlimiy sharoitlari, Qoraqalpog'iston tabiiy zonalarining o'simlik dunyosi, geografik xususiyatlari va iqlimi batafsil o'rganilgan. Tadqiqotda mintaqaning o'simliklari, ularning kelib chiqishi, madaniylashuvi va dekorativ xususiyatlari haqida ma'lumot berilgan. Ayniqsa, shahar ko'chalarini obodonlashtirishda foydalaniladigan dekorativ o'simliklarning biomorfologik xususiyatlari va ularning ahamiyati maktab o'quvchilariga o'rgatish usullari ham o'z aksini topgan. Shuningdek, kitobda floristik usullar, o'simliklar introduktsiyasi va navlari, ularning tarqalishi hamda O'zbekistonda o'simliklar introduktsiyasining tarixi haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ilmiy ishda o'simliklarni tanlash, ekish va parvarish qilish bo'yicha tavsiyalar ham keltirilgan.