Delphida baza bilan ishlash
Ushbu kitob Delphi dasturlash tilida ma'lumotlar bazasi (MB) bilan ishlash masalalariga bag'ishlangan. Unda MB tushunchasi, relyatsion MBlar, SQL tili va uning buyruqlari, shuningdek Delphi muhitida MB bilan ishlash uchun komponentalar va ulardan foydalanish usullari batafsil yoritilgan. Kitobda MB yaratish, jadvallar tuzish, ma'lumotlarni kiritish, so'rovlar yordamida ma'lumotlarni olish va tahrirlash kabi amaliy masalalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, grafik interfeyslar yordamida MB bilan ishlash imkoniyatlari ham misollar bilan tushuntirilgan.