Buxoro viloyati Dengizko‘l zovuridagi fitoplanktonlarni aniqlash, ko‘paytirish va baliqchilikda qo‘llash biotexnologiyasi
Ushbu dissertatsiya Buxoro viloyati Dengizkoʻl zovurining yuqori, oʻrta va quyi oqimlaridagi suvlarining algologik va gidrokimyoviy tarkibini oʻrganish, dominant fitoplankton turlarini aniqlash, ularni laboratoriya va yarim ishlab chiqarish sharoitida koʻpaytirish hamda ulardan baliqchilik va qishloq xoʻjaligida samarali foydalanish texnologiyalarini ishlab chiqishga bagʻishlangan. Tadqiqot davomida Chlorella vulgaris, Chlorella pyrenoidosa va Scenedesmus obliquus kabi suvoʻtlarining baliqchilikda ozuqa sifatida qoʻllanilishi va ularning mahsuldorlikni oshirishdagi oʻrni oʻrganilgan. Shuningdek, zovur suvlarini bu suvoʻtlar yordamida tozalash hamda ulardan qishloq xoʻjaligida takroriy foydalanish usullari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va baliqchilik sohalarini rivojlantirishga hissa qoʻshishi koʻrsatilgan.