Denov shevasini areal o‘rganish va til korpusiga joylashtirish
Ushbu dissertatsiya Denov dialektini areal va kontaktologik jihatdan tadqiq qilishga bag'ishlangan bo'lib, Denov dialektining fonetik va morfologik xususiyatlarini, til korpusiga joylashtirish masalasini o'rganadi. Tadqiqotda Denov arealidagi qarluq va qipchoq shevalarining o'ziga xos xususiyatlari, tilshunoslikda ularning o'rni hamda tilshunoslikda yangi yo'nalishlar haqida ma'lumotlar berilgan.