Doiraviy shakldagi plastinkaning o’qqa nisbatan simmetrik egilishi haqidagi sodda masalalar
Ushbu bitiruv malakaviy ishi doiraviy plastinkalarning o'qqa nisbatan simmetrik egilishini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda plastinkalar nazariyasining asosiy tushunchalari, gipotezalari va turlari ko'rib chiqilgan. Doiraviy plastinkalarning egilish tenglamalari keltirib chiqarilgan va turli xil yuklanishlar ta'sirida (momentli, taqsimlangan, jamlangan) egilish xususiyatlari o'rganilgan. Olingan yechimlar asosida plastinkalarda hosil bo'ladigan radial va tangensial momentlar hamda ko'chishlar grafiklari tasvirlangan. Ish qurilish mexanikasi va muhandislik sohalarida qo'llaniladigan doiraviy shakldagi plastinkalarning deformatsiyalanish jarayonlarini tahlil qilish va mustahkamligini tekshirish uchun muhimdir.